07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,4 °C

Sport
12 Mart  2020 445

Badminton jiddiy sport turi

2020-yil 11-martda Hukumatning 143-sonli «O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonda badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishdir.

Qarorga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 2020-yildan boshlab badminton sport turi uchun 3 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriatiga 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul parametrlarini taqsimlashda badminton sport turi uchun kvotalar oshiriladi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Universitetda badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech