02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2020 463

Ayrim tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar belgilandi

2020-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4652-sonli «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, koronavirusdan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:

- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so‘m; 

- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga –15 million so‘m; 

- kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so‘m; 

- boshqa xodimlarga – 5 million so‘m. 

Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan, joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan bir yo‘la qo‘shimcha to‘lovlar beriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech