03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,8 °C

Moliya
19 Iyun  2020 1409

Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

2020-yil 19-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6011-sonli “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga muvofiq:

- soliqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar boʻyicha imtiyozlar, agar ularning oʻzida ushbu soliqdan ozod qilish toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi;

- Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS boʻyicha berilgan imtiyozlar, Oʻzbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Farmonga muvofiq Prezidentning qator farmon va qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.

Jumladan, Prezidentning PF-3878-son Farmonida belgilangan yosh oila aʼzolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki koʻp qavatli uyda xonadon qurish, taʼmirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻni daromad soligʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi norma 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinadi.

Farmon 2020-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech