19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
11 May  2019 356

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–536, 10.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

 

Mehnat kodeksiga hamda “Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Oliy Majlis deputatlari va senatorlarining vakolati tugaganidan so‘ng ularni ishga joylashtirish kafolatlari belgilandi.

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga Oliy sud Plenumi tomonidan Oliy sud raisining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sudga kiritgan taqdimnomasini ko‘rib chiqishiga oid qo‘shimcha kiritildi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga muvofiq, endilikda istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik normativ hujjatlar talablarini buzish:

- fuqarolarga eng kam ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);

- mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech