18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Ijtimoiy hayot
3 Aprel  2019 1879

Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi

Mamlakatimizda xotin-qizlar bandligi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu esa qabul qilinayotgan qonunlar, Prezidentimizning farmon, qarorlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topmoqda. Shu bois xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Ammo oxirgi yillarda ajralishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgani tashvishlanarlidir. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‘rmoqda. Ayollar o‘rtasida jinoyatga qo‘l urish hollari uchrayapti. Bu kabi salbiy holatlarning barchasi ishsizlikdan yoki biror bir kasbning boshidan tutmaganlikdan kelib chiqayotgani ham bor gap.

Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “Bazis Medic” nodavlat ta'lim muassasasi bu borada amaliy choralarni ko‘rmoqda. Ta'lim muassasasi uy bekalari, vaqtinchalik ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar uchun seminarlar, o‘quv kurslarini tashkil etmoqda. Kurslarga jalb etilayotgan xotin-qizlar kosmetologiya, kichik hamshiralik, dermatologiyadan birlamchi saboqlarni olmoqda. Kasb-hunar o‘rganib, xizmat ko‘rsatish ob'ektlarida o‘z ishini boshlamoqda.

Shu yo‘nalishda faoliyat yuritishni istagan ayollar uchun amaliy seminar tashkil etildi. Shifokor-jarrohlar, dermatologlar, kosmetologlar ishtirok etgan amaliy seminarda sohaga qiziqish bildirgan xotin-qizlarni kelgusida ish bilan band etish borasida ham takliflar bildirildi.

Markaz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiluvchilardan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining tavsiyanomasiga ko‘ra ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ham o‘qitadi va bandligini ta'minlashga ko‘maklashadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech