15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Xavfsizlik
28 Yanvar  2019 2294

Ayol o‘z erini o‘ldirdi

Joriy yilning 27-yanvar kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan E.O‘.ning yuz qismida tan jarohatlari bilan jasadi topildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Xabardan ma’lum bo‘lishicha, E.O‘.ni o‘zining xotini o‘ldirgan. Voqea 26-yanvar kuni soat 22.00 larda sodir bo‘lgan. Marhumning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, uy bekasi U.O‘. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan erining yuziga va tanasining turli joylariga shisha idish bilan urib, tepib jarohat yetkazganligi aniqlandi va U.O‘. qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech