20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Xavfsizlik
18 Iyul  2020 918

Ayol kishi firibgarlikka qoʻl urdi

Firibgarlikda gumonlanayotgan qizga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

 

Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMBdan xabar kelib tushgan.

Xabardan maʼlum boʻlishicha, 9-iyunda poytaxtimizning Uchtepa tumanida 26 yoshli Nargiza ismli fuqaro tanishi 30 yoshli Elnoraga salondan “Malibu” rusumli avtomobil xarid qilishda yordam berishini vaʼda qilgan.

Buning uchun Nargiza 30 000 dollar olgan, ammo vaʼdasida turmasdan, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt profilaktika inspektori B. Mustaboyev tomonidan aniqlandi. Qizga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech