26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
27 Fevral  2019 1231

Aybdor kim, iste’molchimi yoki gaz idorasi?

Qashqadaryo viloyati, Nishon tuman, Nuriston MFY, Kimyogar mahallasi, Lolazor ko‘chasi, 2-uyda yashovchi fuqaro 2014-yilning 16-yanvar kuni novator rusumli yangi gaz hisoblagichni xonadoniga o‘rnatgan.

Gaz haqini  hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha o‘z vaqtida, ayrim paytlarda ortig‘i bilan to‘lab kelagn. Ammo nimagadir tumangaz idorasi tomonidan iste’molchiga 217030 so‘m ortiqcha qarzdorlik yozilgan. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Murojaat o‘rganilganda, fuqaro A.G‘ulomov tomonidan o‘tgan davrda tabiiy gaz uchun jami 3 352 042 so‘m to‘lov amalga oshirilganligi, lekin sobiq xudud nazoratchisi o‘z xizmat lavozimini to‘g‘ri bajarmasdan, fuqaroni ogoxlantirmasdan, hisoblagich ishlagan ko‘rsatgich bo‘yicha to‘g‘ri hisob-kitob olib bormaganligi aniqlandi.

O‘rganishlar jarayonida, iste'molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisoblandi va fuqaro A.G‘ulomov qarzdor emasligi, aksincha hisoblagich ko‘rsatgichiga nisbatan 312 640 so‘m ortiqcha to‘lovni amalga oshirganligiga aniqlik kiritildi. Fuqaro A.G‘ulomov tomonidan amalga oshirilgan ortiqcha to‘lov summalari dasturga kiritilib, qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech