18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Mamlakatimizda
16 Iyul  2019 391

Axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (589-son, 15.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish Texnoparkning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.

Unga ko‘ra, yuridik shaxs ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.

Direksiya 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

Ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 5 ish kunida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.

Direksiya shartnoma tuzilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida yuridik shaxsning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech