15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Transport
1 Avgust  2019 521

«Avtotest» yuridik shaxslar haydovchilarini tayyorlash faoliyatini to‘xtatadi

Bu haqda kompaniya o‘z veb-saytida e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha kompaniya jamoasi shu qarorga kelishgan. Shu yo‘l bilan ular bosh maqsadi pul ishlash emasligi, qing‘ir yo‘l bilan pul topishdan yiroqligini namoyon etgan.

Shuningdek, bor e'tibor faqat rivojlanishga, odamlar o‘limini kamaytirish, yo‘llarda tartib bo‘lishini ta'minlashga qaratilgani va hali kompaniya biror marta daromad ko‘rmagani ta'kidlangan.

“O‘tgan davr mobaynida bizni har kuyga solishdi. Yo‘llarda mashinalarimizni to‘sib kulgu qilishdi. Endi bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymang.

Tan olish kerak, bugun ko‘chada ahvol juda yomon. Internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda minglab odamlar yo‘l transport hodisalari oqibatida vafot etgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Lekin birorta odam bunga qayg‘urganini, xuddi «Avtotest»ni muhokama qilganidek muhokama qilganini ko‘rmadik.

Hurmatli yurtdoshlar! Biz, «Avtotest» jamoasi barchangizga minnatdorchilik bildirgan holda, shuni ma'lum qilmoqchimiz: «Avtotest» kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatadi. Ro‘yxatga olish jarayoni va barcha mavjud shartnomaviy majburiyatlarni amalga oshirish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Biz tahqirlardan charchadik.

Biz endilikda faqat haydovchilarni tayyorlash, metodika va qo‘llanmalar yaratish bilan shug‘ullanamiz”, deyiladi kompaniya veb-saytida keltirilgan ma'lumotda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech