13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xavfsizlik
13 Avgust  2019 648

Samarqanddagi avtomobillarga gaz va benzin quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

12-avgust kuni soat 17:27da Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 5-uyda joylashgan “Avtogaz-Invest” oilaviy korxonasiga qarashli ko‘p yoqilg‘ili avtomobillarga suyultirilgan gaz va benzin yoqilg‘isini quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish avtoekipaji va 2 ta yordamchi texnikalar jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga soat 17:30 da yetib borgan va yong‘in soat 17:40 da qurshab olinib, soat 17:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida shoxobchaning 2 ta gaz va 1 ta benzin quyish kolonkalari, 200 kv.metr maydonda shifti, tomi hamda operator xonasining ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi shoxobchaga yoqilg‘i quyish uchun kelgan “Neksiya 1” rusumli avtomobilga benzin quyish vaqtida elektr statik hodisasi ro‘y berishi, deb hisoblanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech