06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Salomatlik
17 Mart  2020 425

Avtomashinada tibbiy niqob sotayotganlar aniqlandi

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlarini sun’iy oshirilishini oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil 16-mart kuni o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida poytaxtimizning Olmazor tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan Zangiota tumani S.Xodjaev ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ibrohim Qodirov Farobiy ko‘chasida joylashgan dorixonalar atrofida o‘zining shaxsiy «Spark» rusumli avtomashinasi salonida tibbiy niqoblar sotayotganligi aniqlandi.

Fuqaro I.Qodirov hyech qanday xujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan mazkur tibbiy niqoblarni ikki yarim ming so‘mdan pullayotgani ma’lum bo‘ldi. I.Qodirovdan jami 900 dona tibbiy niqoblar va 2 million 250 ming so‘m naqd pul ish qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtincha olib qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech