10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Xavfsizlik
3 Iyun  2020 1295

“Ganga”dagi avtomobillar toʻqnashuvi

2-iyun kechki payt poytaxtimizning Sebzor va Abdulla Qodiriy koʻchalari kesishmasidagi “Ganga” avtomobil koʻprigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin toʻxtagan.

 

Natijada yetti nafar birin-ketin harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli toʻqnashgan. YTH natijasida hech kim jabr koʻrmadi. Faqat “Cobalt” avtomobilidan tashqari yana 3ta Lacetti, Spark, Nexia, Toyota va Malibu avtomobillari jabrlangan. Lacetti avtomobilining biri Turkiya fuqarosining boshqaruvida boʻlgan. Yoʻl-transport hodisasining barcha ishtirokchilariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahar IIBB barcha haydovchilarni masofa va muqobil tezlikni saqlash kerakligi haqida ogohlantiradi — bular yoʻl holati keskin oʻzgarganida toʻqnashuvdan chetlanish imkonini beradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech