09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,7 °C

Ta'lim
27 Fevral  2020 1245

Avstraliya bilan o‘qituvchi va talab almashuv

Xalq ta’limi vazirligida Avstraliya delegatsiyasi bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Avstraliyaning Savdo va investitsiyalar bo‘yicha komissiyasi menejeri Natalya Konovalova boshchiligidagi Monash universiteti, Murdoch universiteti, Sidney va Navitis texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 1 000 ta universiteti qatoriga kiruvchi Avstraliyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tomoni Avstraliyadagi o‘quv yurtlarini qo‘shma trening, seminar, konferensiya, onlayn kurs va tadqiqotlar o‘tkazishga taklif qildi. Xususan, pedagogika universitetlarida tahsil olayotgan o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar o‘qituvchilarga sertifikat berish kabi Avstraliyaning boshqa ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech