07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Transport
15 May  2020 530

Nukus, Termiz va Urganchga aviaqatnovlar

 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Uzbekistan Airways” mamlakatimiz viloyatlari boʻyicha qatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklay boshladi.

 

Joriy yil 18-maydan boshlab aviakompaniya Nukus, Termiz va Urganch shaharlariga ikkala tomonga qatnovlarini quyidagi jadval boʻyicha amalga oshirishni boshlaydi:

Toshkent-URGANCH-Toshkent (dushanba, payshanba)

Toshkentdan ketish: 09-00, Urganch shahriga kelish: 10-30

Urganch shahridan ketish: 13-30, Toshkentga kelish: 14-50

Toshkent-Nukus-Toshkent (seshanba, juma)

Toshkentdan ketish: 09-00, Nukusga kelish: 10-40

Nukus shahridan ketish: 13-40, Toshkentga kelish: 15-00

Toshkent-Termiz-Toshkent (chorshanba, seshanba)

Toshkentdan ketish: 09-00, Termezga kelish: 10-20

Termiz shahridan ketish: 13-20, Toshkentga kelish: 14-30

Qatnovga roʻyxatdan oʻtish va havo kemasida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tartibiga oʻzgartirishlar kiritilganligiga eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz. Ushbu tartibga koʻra, aviakompaniya qatnovlariga sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligiga 120 soatdan koʻp boʻlmagan hamda tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi maʼlumotnomasi boʻlgan yoʻlovchilargina kiritiladi.

Karantin choralariga rioya qilish, yaʼni himoya niqoblari va qoʻlqoplarini taqish, roʻyxatdan oʻtish paytida va havo kemasida ijtimoiy masofaga rioya qilish lozim. Havo kemasi salonida oʻtirish tartibi qoʻnish taloniga binoan qatʼiy ravishda amalga oshiriladi, havo kemasi salonida ehtiyojsiz harakatlanish taqiqlanadi.

Aviachiptalarni onlayn yoki “ Uzbekistan Airways Sales” (sobiq havo yoʻllari Bosh agentligi) kassalarida va aeroportlarda barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda xarid qilish mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech