22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
16 Iyun  2020 1380

Asosiy stavkadan past foizda kredit

Xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga kredit ajratiladi.

2020-yil 16-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4752-sonli “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit ajratiladi.

Kredit tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi.

Kreditlar xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga, ayniqsa maishiy, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha 1 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.

Kredit mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari boʻyicha “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech