17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Kеyingi avlod
22 Iyul  2019 592

Xohlovchilar Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatishi mumkin

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019-yilning Prezident maktablariga 22-24-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta'minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta'minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech