30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Tashvishli xabar
10 Mart  2020 463

Qasddan mulkka o‘t qo‘ydilar

Internet tarmog‘ida tarqagan ikkita yonayotgan avtomobillar aks etgan videyozuv va suratlar haqida quyidagilarni ma'lum qilamiz.

8-mart kuni taxminan soat 05.30 da poytaxtimizning Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida ikkita avtomobil yonib ketgan. Aniqlanishicha 36 yoshli Kamila ismli shaxsga tegishli «Mercedes-Benz GLS300» (davlat raqami 01 Y 549 HB) va «BMW X5» (davlat raqami 01 F 701 XA) avtomobillariga qasddan o‘t qo‘yilgan. Zarar miqdori taxminan 225 000 dollarni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, hodisa tafsilotlari o‘rganilib, o‘t qo‘ygan kishining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, jabrlanuvchi va guvohlar so‘roq qilinmoqdalar.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi «v» bandiga («Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish») muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Eslatib o‘tamiz, bu kabi holatlarda qonunchilik tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazolar belgilanishi ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Toshkent shaha IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech