25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Harbiy
27 Dekabr  2018 1468

harbiy-orkestrdan-yangi-yil-tuhfasi

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda.

Konsertning dastlabkisi bugun, 27-dekabr kuni poytaxtimizning Mustaqillik shoh koʻchasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga oʻrnatilgan yangi yil bayramining bosh archasi oldida Qorbobo kiyimida kiyingan harbiy sanʼatkorlar tomonidan taqdim etildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra ertaga, 28-dekabr kuni soat 15:00 da Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy orkestrning navbatdagi aksiyasi boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona konserti yana quyidagi joylarda oʻtkaziladi:

29-dekabr kuni soat 15:00 da Qoʻyliq massividagi “Compas” koʻngilochar savdo majmuasida;

30-dekabr kuni soat 15:00 dan 18:00 ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;

31-dekabr kuni soat 10:00 da yangi yil bayramining bosh archasi oldida (moʻljal Yoshlar ijod saroyi).

Shuningdek, poytaxtdagi yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019-yilning 3-yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar boʻlib oʻtadi.

O'zA surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech