15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Sport
16 Mart  2019 1688

AQShdagi jahon chempionatini o‘zbekistonlik qizlar birinchi o‘rin bilan yakunlashdi

AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlangach, turnirda alohida yo‘nalishlarda eng kuchli sportchilar ham aniqlab olindi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

E'tiborlisi, qizlar o‘rtasida 2 ta yo‘nalishda jahon rekordini o‘rnatgan yurtdoshimiz Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) musobaqaning eng yaxshi atleti, deb topildi. Sportchimizga ushbu sovrinni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayanning o‘zi topshirdi.

Qolaversa, turnirda qizlar terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Vakilalarimiz musobaqa davomida 7 ta otin va 2 ta kumush medallarini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishgan. Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech