13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
9 Oktyabr  2019 421

AQShda to‘qqiz yashar bolakay besh kishini o‘ldirganlikda ayblandi

«Illinoys shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli bolakay besh kishini o‘ldirganlikda, ikki marta o‘t qo‘yish va o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelgan yana bitta yoqib yuborishda ayblanmoqda», deydi «Peoria Journal Star» jurnaliga bergan intervyusida shtat prokurori Greg Minger.

RAA «Novosti»ning ushbu nashr ma'lumotiga tayanib keltirishicha, bolakay joriy yilning 6 aprelida ko‘chma uyga o‘t qo‘yib yuborgan. Buning natijasida besh kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari bolalar. Ikkitasi omon qolgan. Yong‘in oqshomgi 23:00 boshlangan va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganga qadar uy to‘laligicha alanga ichida qolgan.

Mingerning aytishicha, to‘qqiz yashar bolakayga bunday og‘ir ayblovni qo‘yish qaroriga kelish oson bo‘lmagan. «Juda yosh bolakayning o‘ta jiddiy va eng og‘ir jinoyatda ayblanayotgani – bu fojia», deydi u.

Agar bolakayni sud qilishsa, u besh yillik sinov muddatiga hukm qilinishi mumkin.

«Bolakayning yoshini inobatga olgan holda sinov muddati, bu yagona hukm bo‘ladi», deydi prokuror.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech