29 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,7 °C

Bilasizmi?
6 Dekabr  2019 1545

AQShda ochiq qoldirilgan do‘kondan hyech narsa o‘g‘irlanmadi, balki olingan narsani puli qoldirilgan

Ushbu hodisa Balvin (Missuri shtati, AQSh) shahrida sodir bo‘lib, boshlanishi do‘konni talon-toroj qilishga o‘xshab ketardi.

Aynan shu shaharda istiqomat qiluvchi bir kishi «Honey Baked Ham» do‘koni yonidan o‘tib ketayotib, uning eshigi qiya ochiq ekaniga ko‘zi tushib qoldi. Keyin birdan Shukronalik bayrami kuni do‘kon allaqachon yopilgan bo‘lishi kerakligi esiga tushdi. Do‘konga o‘g‘rilar kirgan, degan xayolga bordi va darrov politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. Politsiya ham tezda yetib kelib, ofitserlar do‘kon ichkarisiga kirishdi. Biroq biror shubhali harakat yoki narsaga duch kelishmadi. Faqat sotuvchi peshtaxtasi ustiga qo‘yilgan pul va uni nega qoldirishgani yozilgan qisqagina maktubdan tashqari. Chindan ham o‘sha kuni do‘kon egalari eshikni qulflashni unutishgan ekan va uning ichiga ba'zi kimsalar kirishgan. Qarashsa, hyech kim yo‘q, hatto, sotuvchi ham. Ikkita pirogni olib, uning puli va maktubni qoldirishganda, yana o‘z yo‘liga ravona bo‘lishgan.

Biroq politsiyachilarning aytishicha, piroglarni olish uchun peshtaxta ortiga o‘tish kerak bo‘ladi va bu qonunga ko‘ra, shaxsiy mulq chegaralarini buzish hisoblanadi. Ammo «Honey Baked Ham» do‘koni egalari politsiyaga biror da'vo kiritmasliklarini ma'lum qilishdi. Chunki «o‘g‘rilar» halol kishilar ekan, boz ustiga, ikkita pirogning narxidan ko‘proq pul ham qoldirib ketishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech