30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Dolzarb
18 Mart  2020 242

AQSh – Xitoy o‘rtasida OAV faoliyati erkinligini ta’minlashda keskinlik yuzaga kelmoqda

Xitoy seshanba kuni AQShning “The New York Times”, “The Washington Post” va “The Wall Street Journal” kabi mashhur nashrlarida ishlaydigan bir qator amerikalik jurnalistlarning akkreditatsiyasi bekor qilinganini e’lon qildi. XXR Tashqi ishlar vazirligi saytida ular yaqin kunlar ichida maxsus press-kartalarini topshirishlari shart ekni iddao qilingan.

Xitoy TIV bayonotida shunday deyilgan: "Qo‘shma Shtatlar tomonidan mamlakatda Xitoy OAV shtatlari qisqartirilishi, amalda esa ulraning AQShdan chiqarib yuborilishini anglatishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarga javoban, Xitoy AQSh fuqaroligiga ega, "The New York Times”, “The Washington Post” va “The Wall Street Journal” nashrlarida faoliyat olib borayotgan, jurnalistlik guvohnomasi 2020 yil oxirigacha amal qiladigan xodimlar to‘rt kun davomida XXR TIVga uchrashishlari va o‘n kun mobaynida o‘z press-kartalarini topshirishlari shartligini e’lon qilgan. Endi ushbu mutaxassislarga XXR hududida, shu jumladan mamlakatning maxsus ma’muriy tumanlari hisoblangan Gonkong va Makaoda ham jurnalistlik faooliyatini olib borishga ruxsat etilmaydi.

Xitoy mamlakat hududida joylashgan "Amerika ovozi", “The New York Times”, “The Washington Post”, “The Wall Street Journal” va “The Time” kabi AQSh OAV organlaridan xodimlar, moliyaviy faoliyat, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi hududidagi ko‘chmas mulk ob’ektlari hamda ushbu davlatda olib borilgan amaliyotlar to‘g‘risida yozma ma’lumotlar taqdim etishni talab qilgan. AQShning yuqorida sanab o‘tilgan matbuot va ommaviy axborot vositasi organlariga nisbatan qo‘yilgan mazkur talablar, XXR TIVning aytishicha, "Amerika tomoni Qo‘shma Shtatlarda joylashgan Xitoyning 5 ta media-tuzilmasini "xorijiy missiya", deb ataganiga javoban” qilingan murojaatdir.

Mabodo, AQSh ushbu mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan XXR OAVni siquvga oladigan bo‘lsa, Xitoy bunga munosib javob berishga doim tayyor ekani bildirilgan.

"Amerika tomonining Xitoy OAVga nisbatan qo‘llayotgan bu amaliyoti sovuq urush kayfiyati va aksil mafkuraviy g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, Xitoy OAVning obro‘siga, imijiga jiddiy zarar yetkazadi, AQShda bemalol faoliyat olib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi gumanitar almashinuvlarga aralashadi, Qo‘shma Shtatlar tomonidan matbuot erkinligi shaklida taqdim etilayotgan lo‘ttibozlikni fosh etadi. Xitoy Amerika tomonini xatolarni tuzatishga va siyosiy bosim o‘tkazish va Xitoy OAVga nisbatan asossiz cheklovlar qo‘llashni bas qilishga chaqiradi. Agar, AQSh bu noto‘g‘ri yo‘ldan ketishda davom etadigan bo‘lsa, Xitoy tomoni yana javob choralarini ko‘radi ", -  deyiladi yana bayonotda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, “AQSh tomonidan xitoylik jurnalistlarga nisbatan joriy etilgan, xususan vizalar, ma’muriy tekshiruvlar, intervyu va reportajlar tayyorlash bilan bog‘liq diskriminatsion xususiyatga ega cheklovlarga javoban, Xitoy amerikalik jurnalistlarga nisbatan ham tegishli choralarni ko‘radi".

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida AQSh Xitoyning 5 ta OAV - "Sinxua" agentligi, “CGTN” telekanali, Xitoy xalqaro radiosi, "Chjungo jibao" gazetasi va "Jenmin jibao" gazetasini AQSh hududida tarqatish bilan shug‘ullanuvchi “Hai Tian Development USA” kompaniyasiga nisbatan mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tish uchun anchayin murakkab qoidalarni joriy etgandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, mazkur Xitoy OAV organlari uchun xorijiy elchixonalarga qo‘yiladigan talablar amalga kiritildi. Aniqroq aytganda, bundan buyon ro‘yxatda ko‘rsatilgan media-tuzilmalar o‘zlarining AQShdagi xodimlari ro‘yxatini taqdim etishlari, kadrlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida hisobot berishlari, shuningdek xarid qilingan yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulk ob’ektlarini Davlat departamentida ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart qilib qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech