29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
6 Aprel  2020 552

AQSh standartlari ochildi

Mahalliy tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun AQSh standartlari.

«O‘zstandart» agentligi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining «ASTM International» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu bitim orqali AQShning 13 000 dan ortiq standartlari O‘zbekiston uchun ochildi va texnik qo‘mitalarda ishtirok etish imkoniyati berildi.

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tibbiy niqoblar va himoya kiyimi uchun 24 standart olingan bo‘lib, ular AQShda «ASTM International» tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tibbiy niqoblar va himoya kiyimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqarish, mahsulot sifatini yaxshilash, raqobatbardoshlik darajasini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarga mahsulot chiqarilishini oshirish imkoniyatini beradi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech