30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Dolzarb
19 Mart  2020 298

AQSh shimolida kuchli yer qimirlashi kuzatildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari shimoliy qismida joylashgan Yuta shtatida 5.7 ballik zilzila qayd etildi. Mutaxassislarning aniqlashicha, yer silkinishi o‘chog‘i taxminan 8 kilometr chuqurlikda ekan. 

Ma'lumotlrda tabiiy ofat markazi sifatida Solt-Leyk-Siti shahridan 16 kilometr uzoqlikdagi 180 ming kishi istiqomat qiladigan aholi punkti keltirilgan. Zilzila hududidagi ayrim tumanlar elektr ta'minotida vaqti-vaqti bilan uzilish ro‘y bergan. Qurbonlar haqida esa xabar berilmagan.

Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatning eng yirik shtatlaridan biri hisoblangan Yutada 1992-yildan buyon bu darajadagi jiddiy yer silkinishi kuzatilmagan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech