17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Xalqaro munosabatlar
19 Iyul  2019 528

Xalq ta'limi vaziri AQSh elchisini qabul qildi

Xalq ta'limi vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Mazkur uchrashuv Deniel Rozenblyum AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida AQSh elchisi O‘zbekistonda xalq ta'limi tizimi va sohada olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Elchi Rozenblyum mamlakatimizda ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan rejadagi loyihalarni amalga oshirishda omad tiladi. Uchrashuv yakunida tomonlar xalq ta'limi tizimida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamalakat Prezidentlari uchrashuvidan so‘ng ilk bora ta'lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Endilikda AQSh tomonidan ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida XTV loyihalarini amalga oshirish, chet tillarini o‘rganish, axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘mak beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech