16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,1 °C

Harbiy
15 May  2019 1108

AQSh delegatsiyasi Milliy gvardiya rahbariyati bilan uchrashdi

14-may kuni yurtimizga tashrif buyurgan Missisipi shtatining gubernatori Fil Brayant hamda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi general ad’yutanti Djenson Boyls boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Baxodir Tashmatov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarini strategik hamkor sifatida ko‘rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta'minlashda o‘rni yuqori ekanligi ta'kidlandi.

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo‘g‘in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo‘yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech