23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Bilasizmi?
27 Mart  2019 1199

«Aqlli gel» ko‘rish qobiliyatini operatsiyasiz tiklaydi

Ushbu kashfiyot amerikalik olimlarga tegishli, deya xabar tarqatdi «Xinhua» agentligi malumotiga tayangan meddaily.ru elektron nashri.

 

Ushbu gel tarkibida yorug‘lik tushishi bilan faollashadigan maxsus birikma mavjud. U ko‘zdagi nuqsonlarni yo‘qotib, to‘qimalarini tiklaydi.

Hozircha ishlash jarayonida bo‘lgan mazkur modda tabiiy to‘qimalarga o‘xshagan qatlam hosil qilish xususiyatiga ega. Ko‘k rangli yorug‘lik ta'sirida gel qattiqlashadi va ko‘z shaklini oladi.

Tadqiqotlar ko‘z muguz pardasida 3 millimetrli nuqsoni bo‘lgan jonivorlarda o‘tkazildi. Tiklovchi modda konsentratsiyasi 20 foizni tashkil etib, uni nurlantirishga 4 daqiqa vaqt ketgan.

Ertasi kuni jonivorlarning muguz pardasidagi nuqsonlar gel bilan to‘lib, ko‘z shaklini olgan. Yallig‘lanish jarayoni ham o‘tib ketgan. Oradan bir muddat o‘tib, jonivorlardagi to‘qimalar to‘liq tiklangan. Yaqin orada ushbu yangilikni klinik sinovdan o‘tkazish boshlanishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgari «Yellmed» nashri ham tutqanoq tutishi oldidan ogohlantiruvchi bilaguzuk haqida ma’lumot bergandi, deya xabar tarqatadi Rambler nashri.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech