06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Moliya
12 May  2020 501

Apple Oʻzbekistonda soliq toʻlaydi (mi?)

Bu yildan boshlab mamlakatimizda xorij kompaniyalari uchun faoliyat turiga qarab, QQS toʻlashning maʼlum tartibi joriy etilgan.

Avval xabar qilganimizdek, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlash tartibi joriy etilgan edi.

Tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited Oʻzbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi va I chorakdagi faoliyati natijalariga koʻra, davlat byudjetiga 59,2 ming dollar miqdorida soliq toʻladi.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda elektron xizmat koʻrsatayotgan 10 ta chet el kompaniyasi “Internet-kompaniyalarning QQS ofisi” (http://tax.uz) orqali qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston hududida elektron xizmat koʻrsatuvchi xorij kompaniyasi – “Google Commerce Limited” ham QQS toʻlovini amalga oshirgan edi. Mazkur kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra, davlat byudjetiga 85 ming yevro toʻlagan.

Bundan tashqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvchi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham Oʻzbekiston byudjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS toʻlagan, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech