14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,7 °C

Xalqaro hamkorlik
31 May  2020 532

Angliyalik sudyalar yuridik kadrlarimizni oʻqitadi

Oʻzbekiston Adliya vazirligi vakillari britaniyalik hamkasblari bilan oʻzbekistonlik yuridik kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirish masalasini muhokama qildi.

Muhokamada Slinn jamgʻarmasi (Slynn Foundation) prezidenti, Buyuk Britaniya Oliy sudi sobiq sudyasi Piter Gross, Buyuk Britaniya Adliya vazirligi Xalqaro munosabatlar departamenti boshligʻi Devid Meyer, Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchisi Tim Torlot, Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, Buyuk Britaniya Advokatlar kengashi va Toshkent xalqaro arbitraj markazi vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Slinn jamgʻarmasi va Buyuk Britaniya Adliya vazirligi oʻrtasida Oʻzbekistonda sud ishi yuritishning turli sohalarida ishtirok etuvchi yuridik kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha uzoq istiqbolga moʻljallangan uch yillik loyiha doirasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Koʻp yillik tajribaga ega ingliz sudyalarining sud tayyorgarligi, sud nazorati, prokuror etikasi, tizimda korrupsiyaga qarshi choralar, nizolarni muqobil tarzda tartibga solish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha professional taʼlim va amaliy kurslarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Kurslarni Oʻzbekiston, shuningdek Buyuk Britaniya Adliya vazirligi huzuridagi Sudyalik ofisida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Ingliz sud tizimi mustaqil tizimlardan biri sifatida eʼtirof etilishi, unga xorijiy investorlar tomonidan ham xayrixohlik bildirilishini ham taʼkidlash joiz. Britaniya tajribasi asosida oʻzbekistonlik yuridik kadrlar malakasini oshirish nafaqat mamlakatimizning xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy va iqtisodiy islohotlarga hissa qoʻshadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech