16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Transport
6 May  2019 974

Andijonga qatnovchi yo‘lovchi poezdlarga 30 foizgacha chegirmalar belgilandi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 60/59 va 62/61-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdlari chiptalari muddatidan oldin xarid qilinsa chegirmalar belgilanadi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Jumladan, poezdning jo‘nash kunidan:

- 45 – 6 kun oldin xarid qilinsa – 30 foiz;

- 5 – 1 kun muddatda esa – 20 foiz chegirmani tashkil etadi.

Poezd jo‘naydigan kuni chiptalar chegirmasiz sotiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech