22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
9 Oktyabr  2019 672

Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda chiqqan fuqaro 97 kunda Xorazmga yetib bordi

Joriy yilning 1iyul sanasida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga piyoda yo‘lga chiqqan fuqaro Sohib Rajabov oradan 97 kunda Xorazm viloyatiga yetib keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qiladi.

Fuqaroning 2200 km masofani tashkil qiladigan yo‘l bo‘ylab yurishidan maqsad O‘zbekistonning qanchalik xavfsiz davlat ekanligini isbotlash va yurtimizning turistik salohiyatini ko‘rsatishdir.

Sohib Rajabov o‘zining telegram kanalida Xorazm viloyatiga yetib kelganligini ma'lum qilgan.

U yo‘l bo‘yi ko‘rgan-bilganlarini rasmga tushirib, o‘z kanaliga joylashtirib bormoqda.

Sohib Rajabov Xorazmda bir necha kun bo‘lib viloyatning sayyohlik manzillariga safarini davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech