11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Energetika
23 Iyul  2020 353

Andijonda 7,05 MVt quvvatli GES ishga tushdi

2020-yil 22-iyulda Janubiy Fargʻona kanali 2-GESda olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlanib, mazkur GESning ishga tushirildi.

Taʼkidlash joizki, gidroenergetika sohasida soʻnggi uch yil mobaynida bir qator yirik investitsiyaviy loyihalar hayotga izchil tatbiq etildi. Sohada yangi GESlarni qurish, mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasida 30 dan ortiq investitsiyaviy loyihalar asosida keng koʻlamli ishlar olib borildi.

Xususan, Toshkent viloyatidagi Tuyaboʻgʻiz kichik GESi, Namangan viloyatida Katta Fargʻona kanali kichik GESlar kaskadi, Jizzax viloyatida Zomin mikro GESi, Samarqand viloyatida 5 mikro GESlar yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Maʼlumki, oʻtgan asrning 50 yillaridan Janubiy Fargʻona kanalining atrofida bir qator gidrotexnik inshootlar qurilgan.

Hozirgi kunda, viloyatda Andijon GES-1, Andijon GES-2, “Shahrixon GESlari kaskadi” unitar korxonasi tarkibiga kiruvchi 4 ta GES samarali faoliyat yuritib keladi.

Oʻtgan yili kaskad tarkibidagi Janubiy Fargʻona kanalidagi GES-1 (JFK GES-1) modernizatsiyadan chiqarilib, yangi quvvatlarda faoliyatini davom ettiryapti.

Bu yil esa, kaskad tarkibiga kiruvchi Janubiy Fargʻona kanalidagi GES-2 (JFK GES-2)ning modernizatsiyasi amalga oshirildi.

2020-yil 22-iyulda Janubiy Fargʻona kanali 2-GESda olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda mazkur GESning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, “Shahrixon GESlari kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi JFK GES-2 Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan.

1962-yilda bosh toʻgʻondan 1 320 metr quyida JFK GES-2 ishlab chiqarish binosi qurilishi boshlangan va 1966-yili toʻliq ishga tushirilgan.

GESda Rossiyaning “Uralelektroapparat” zavodida ishlab chiqarilgan gidrogenerator vertikal holda oʻrnatilgan. GESning oʻrnatilgan quvvati 6,7 MVt ni tashkil etadi.

Modernizatsiya ishlarini bajarish uchun Xitoy Xalq Respublikasining “Power Construction Corporation of China” Ltd Bosh pudratchi korxonasi bilan hamkorlikda texnologik ishlar amalga oshirildi.

Taʼkidlash joizki, modernizatsiyadan soʻng JFK GES-2 avtomatik (aqlli) boshqaruv tizimi hamda 7,05 MVt quvvat bilan ishlaydi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech