14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Kеyingi avlod
22 Yanvar  2019 1564

Andijon davlat universitetida talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Andijon davlat universitetida yevropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturining «RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof - muhit» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar dasturini rivojlantirish» mavzusidagi qo‘shma loyihasi (RENES) doirasida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, laboratoriyaga Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan 42,7 ming yevrolik 30 turdagi laboratoriya jihozlari o‘rnatildi. Loyiha bosh koordinatori etib Akuila universiteti (Italiya) professori Anna Totssi hamda milliy koordinator sifatida universitet professori Rayimjon Aliev tayinlandi.

 Laboratoriya Yevropaning 600dan ortiq nufuzli universitetlari bilan Oksford universiteti Rezerford laboratoriyasi mikroelektronika va nanoelektronika qo‘llab-quvvatlash markazining europractic tizimiga onlayn ulangan. Andijon davlat universiteti Urganch davlat universitetidan so‘ng yurtimizda mazkur tizimga ulangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasidir.

 Loyiha doirasida universitetda 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistrantlar uchun yevropa standartlari asosida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit» mutaxassisligi bo‘yicha 12ta o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturi hamkorligidagi ushbu loyi doirasida kelgusida Guliston va Qarshi davlat universitetlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ham shunday laboratoriyalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech