07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
7 Mart  2020 677

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Hindiston armiyasi bilan harbiy tibbiyot sohasida hamkorlik davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga Hindiston Respublikasi Ilmiy-tadqiqot maxsus armiya gospitali mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish hamda tajriba almashish maqsadi ko‘zlangan tashrif davomida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-uslubiy anjuman, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, horijlik shifokorlar bilan harbiy tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikdagi ishlar natijasi va istiqbollari muhokama etildi.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i  o‘rinbosari, tibbiy xizmat polkovnigi Bahodir Abdulahadovning so‘zlariga ko‘ra Hindistonlik harbiy tibbiyot mutaxassislari bilan birgalikda bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur muolajalar qo‘llash xususida fikr almashilgan. Shuningdek, travmatologiya, neyroxirurgiya, terapiya, kardioxirurgiya, turli shikastlanish, xastalik va jarohatlarning oldini olish yuzasidan munozara yuritilgan.

Tadbirning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi va Hindiston Respublikasi Ilmiy-tadqiqot maxsus armiya gospitali o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanishi bo‘ldi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech