26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Turizm
6 Yanvar  2019 1360

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortining ochilishi 2019-yilning dekabr oyiga qoldirildi

Amirsoy kompaniyasining Instagram’dagi rasmiy sahifasida xabar qilinishicha, O‘zbekistondagi birinchi tog‘li kurort — Amirsoy dam olish maskanining ochilishi 2019-yilning dekabr oyiga qoldirilgan.

Avvalroq, mamlakatimizdagi yagona, xalqaro darajadagi zamonaviy kurort 2019-yilning yanvar oyida ishga tushirilishi rejalashtirilayotganligi aytilgandi.

Mazkur kurortda park-otel, restoran, ekranli barlar, konsert va ko‘rgazma zallari, dor yo‘li, tog‘-chang‘isi trassalari mavjud bo‘ladi. Qishda dam oluvchilar uchun chang‘i, snoubord, tyubing, chana, qorda yuradigan avtomobillar taqdim etiladi. Bolalar uchun arqonli shaharcha, o‘yin maydonlari bor, xohlovchilar chang‘i maktabida chang‘i va snoubord uchish texnikasini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech