16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Transport
12 Sentyabr  2019 1047

Yunusobodda Amir Temur ko‘chasining bir tomoni dekabrgacha yopiladi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari davom etayotganidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, yo‘lning bir tomoni bugun, 12 sentyabrdan dekabr oyigacha yopiladi. Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘lda yurishlari mumkin bo‘ladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech