07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Sanoat
9 Mart  2020 816

«Halol» Xalqaro standart asosida eksport

Savdo-sanoat palatasida Rossiyalik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Rossiyaning «Halol» Xalqaro sertifikatsiya markazi bosh direktori Marat Nizamov boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlarini horij bozorlariga «Halol» xalqaro standarti asosida eksport qilish imkoniyatlari masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, Markaz tomonidan O‘zbekistonda «Halol» xalqaro standarti talablari asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sertifikatsiyalash masalalarida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech