26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
25 Aprel  2019 851

Alisher Usmonovga “Marjon” sanatoriyasiga yo‘llanma berildi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan viloyatning Ohangaron tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini bartaraf etish hamda nogironligi bor, muhtoj oilalalarga yordam berish nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 4-sektor ishchi guruhi, tuman hokimi, prokurori, IIB va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda Ohangaron tumanida 29 ta mahallada 17 606 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 11 590 ta xonadon o‘rganilgan va ularda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Aytish kerakki, murojaatlar asosan yer-kadastr, bankdan kredit olish, ishga kirish, turar joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, bolalar nafaqasi, alimentni undirish kabi masalalardan iboratdir. Aholi bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot jarayonida ham 62 nafar  fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 58 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan 4 ta murojaat  tuman Tibbiyot birlashmasi, bank va bashqa mutasaddi tashkilotlarning mas'ul rahbarlariga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda Ohangaron tumanining “Ungut” MFYda istiqomat qiluvchi Nigora Sayfalieva,  “Balxana” MFY Baxt ko‘chasi  75-xonadonda yashovchi Ravshanoy Boymurodova,”Oqtepa”MFY “To‘ti” qishlog‘ida yashovchi Gulchehra Mavlonova kabi bir qator nogironligi mavjud  bo‘lgan fuqarolarning og‘irini yengil qilish maqsadida aravachalar taqdim etildi. Mazkur tumanning “Eyvalik” qo‘rg‘oni “Sharq” ko‘chasi 12-uyda yashovchi 2- guruh nogironi bo‘lgan fuqaro Nasiba Fayzullayevaga “Olti ariq” sanatoriyasiga va 2-guruh nogironi bo‘lgan yana bir fuqaro Alisher Usmonovga “Marjon” sanatoriyalariga davolanib, sog‘liqlarini tiklash uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, aholining kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida 100 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari tarqatilganligi tadbirning eng qiziqarli jarayoni bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech