18 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Madaniyat
27 Fevral  2020 1748

Qaldirg‘ochbek maqbarasi — tarixiy obida

Qaldirg‘ochbiy maqbarasi Toshkent shahridagi betakror me'moriy yodgorliklardan biri.

Mazkur maqbara Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibida joylashgan bo‘lib XV asrning birinchi yarmida barpo etilgan. Xalq orasida maqbara tarixiga oid ko‘plab rivoyatlar bor.

Ayrim manbalarga ko‘ra, maqbara qozoqlar avlodidan bo‘lgan, hamda XVIII asrning birinchi yarmida Yuqori O‘rdaga boshchilik qilgan Toshkent hokimi To‘labiy qabri ustida qurilgan.

Afsonaga ko‘ra, ushbu hududda dushmanlarning bosqini vaqtida mahalliy aholi xonadonlarini tark etgan. Biroq To‘labiy qochishdan bosh tortgan. Bosqinchilar sarkardasi undan nima uchun qochmaganligini so‘raganda, To‘labiy: «Bu yil o‘tov boshiga qaldirg‘och in qurdi. Qaldirg‘och afsonaviy qush. Qushning uyini buzish, bolalarini nobud qilish qo‘limdan kelmadi», — deya javob bergan. U o‘z javobi bilan bosqinchilarning hurmatini qozongan, hamda o‘zining va xalqining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. O‘sha vaqtdan boshlab, To‘labiyni hurmat ila Qaldirg‘ochbek deb atay boshlagan va u shu nom bilan xalq xotirasida qolgan.

To‘labiy 1663-yilda Qozog‘iston janubidagi Jambul viloyatida tug‘ilib, 1756-yilda 93 yoshda vafot etgan. U 1743-1749-yillarda Toshkentga hokimlik qilgan.

To‘labiy maqbarasi (yoki Qaldirg‘ochbek maqbarasi) O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy obidalaridan biridir. Uning o‘ziga xos uslubda pishiq qilib qurilgan gumbazi ko‘plab zilzilalarga dosh bera olishiga imkon berdi.

Yaqinda Qaldirg‘ochbek maqbarasi yana bir bora mukammal ta’mirlandi, unga tutash hududlar obodonlashtirildi. Bu yer shahrimiz aholisi va mehmonlari tez-tez tashrif buyuradigan muqaddas qadamjolardan biriga aylangan, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech