13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
22 Iyul  2020 676

Oʻzbekiston shifokorlarini qoʻllab-quvvatlash aksiyasi

Tibbiyot xodimlari ayni vaqtda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda old saflarda turib jang qilmoqda va har kuni haqiqiy qahramonlar kabi jasorat koʻrsatib, bemorlar hayotini saqlab qolmoqda.

Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari qatorida koronavirus sinovidan oʻtmoqda. Jahonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 14 million kishidan oshib ketdi. Respublikamizda bu koʻrsatkich 17 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda, shundan 9 500 ga yaqini sogʻaydi. Bunda, shubhasiz, tibbiyot xodimlarining xizmati katta. Ular haqiqiy, tom maʼnoda, jasorat koʻrsatyapti.

Dunyo boʻyicha odamlar pandemiyaga bilan kurashayotgan shifokorlarga turli yoʻllar bilan minnatdorlik bildirmoqda. Koʻpchilik asfalt ustiga “rahmat” soʻzini yozib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tashakkur aytmoqda. Shifokorlarga bunday taʼzim shak-shubhasiz hurmat-ehtirom va eʼtirof namunasidir.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek,“koronavirusga qarshi kurashishdagi oʻziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar. Oddiy haqiqatni tan olish adolatdan boʻladi — kasallarga oʻz vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi, lekin oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi. Dunyo boʻylab, xususan, mamlakatimizda shifokorlarning oʻz kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sogʻligʻi yoʻlida tunu kun qilayotgan mehnati barchamiz uchun jasorat namunasi boʻlmoqda”.

Mamlakatimiz shifokorlarining koronavirus (COVID-19) bilan kurash yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik izhor qilish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati “Oʻzbekiston shifokorlariga rahmat” mavzusida fleshmob-aksiyasini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi.

21-iyulda Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyi hamda “Hilton” mehmonxonasining LED-ekranlarida targʻibot-roligining namoyishi tashkil etila boshladi. Namoyish mahalliy telekanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech