
Mamlakatimizda
12
Noyabr 2019
505
A.Kirgizbayev Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri bo‘ldi
Hukumat qarori bilan Abdugappor Karimjonovich Kirgizbaev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Departament Prezidentning 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish departamentning asosiy vazifalaridan sanaladi.