18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Sport
23 Dekabr  2019 801

Akbar Jo‘rayev Qatar Xalqaro kubogida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Doxa shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Qatar Xalqaro kubogi davom etmoqda. Erkaklar o‘rtasida -109 kilogramm vazn toifasida kechgan bahsda hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Vakilimiz dast ko‘tarish mashqida 185 kg, siltab ko‘tarishda 220 kilogramm va umumiy hisobda 405 kilogramm natija qayd etdi. Polvonimiz ushbu g‘alabasi bilan Tokio Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni yozib qo‘ymoqda. Birozdan so‘ng Dolera Davronova musobaqa doirasida hamyurtlarimizning chiqishini yakunlab beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech