02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Sport
29 Dekabr  2018 2376

Hakamlarimiz ertaga Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi

Xabaringiz bor bir haftadan keyin Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi. Mazkur musobaqada rekord darajadagi hakamlar guruhi ish olib boradi.

Jumladan, OFK ushbu musobaqaga 5ta hududiga kiruvchi jami 19ta mamlakatdan 60 nafar hakamni taklif qilgan. Shulardan 30 nafar bosh hakamlar bo‘lsa, yana 30 nafari referi assistentlaridir.

O‘zbekistondan Osiyo Kubogida quyidagi hakamlar ishlashga taklif etilgan

Ravshan Ermatov (Bosh hakam)

Valentin Kovalenko (Bosh hakam)

Ilgiz Tantashev (Bosh hakam)

Jahongir Saidov (Yordamchi hakam)

Abduhamidullo Rasulov (Yordamchi hakam)

O‘zbekistonlik hakamlar ertaga Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi. Ular u yerda musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirishadi. O‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ham musobaqada faoliyat olib borish uchun taklif etilgan bo‘lib, u bugun Dubay shahriga uchib ketadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech