03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Mamlakatimizda
25 Iyun  2019 1139

Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda yana bir qulaylik yaratildi

Xabaringiz bor mamlakatimiz haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Haydovchilik guvohnomasini soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2020-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

Bugungi kunda mazkur xizmat respublikamiz bo‘ylab 10 dan ortiq Davlat xizmatlari markazlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun arizani my.gov.uz portali orqali yuborish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Markazlarda xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70 % miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-aprelidan boshlab barcha Davlat xizmatlari markazlari eksterritorial tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishadi. Ya'ni, doimiy yashash joyingizdan qat'iy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan olish imkoniga egasiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech