19 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Mamlakatimizda
11 Dekabr  2019 2080

Aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi joriy etildi

“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga muvofiq:

- Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;

- tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;

- Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;

- ayrim shaxslarga (kam ta'minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.

Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:

- qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma'muriy markazlariga tutash hududlarda;

- Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech