16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Ijtimoiy hayot
29 Avgust  2019 499

Aholi muammolari bee'tibor qolmayapti

Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Bag‘dod tumanida o‘tkazildi.

Qabul davomida 46 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi va 41 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Murojaatlar asosan ichimlik suvi ta'minoti, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.

Xususan, “Govxona” qishlog‘ining Tadbirkor va Qo‘shchinor ko‘chalari, “Qaroqchitol” va “Qorovultepa” qishloqlarida aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji mavjudligi, ichimlik suvi tarmog‘i va nasoslar ta'mirga muxtojligi ma'lum bo‘lib, bu masalalarni ko‘targan T.Raxmonov, U.Isaqov, X.Sarimsoqova, X.Ermatovlarning murojaatlarini ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Shuningdek, tuman markazidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining murojaatiga asosan kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash va maishiy chiqindilarni belgilangan vaqtda tashib ketishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining mas'uliyati oshirildi.   

Sayyor qabul jarayonining o‘zida 5 nafar shaxslar ishga joylashtirildi, 2 nafariga nogironlik aravachasi, 1 nafariga eshitish uskunasi berildi, 2 nafari davolanishga yotqizildi, 2 nafariga sihatgohga bepul yo‘llanmalar berildi.

– Joriy yilda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtini tamomlagan bo‘lsamda, hozirga qadar ishga joylasha olmadim. Sayyor qabul davomida murojaatim ijobiy hal etilib, maktabga ishga joylandim, – deydi “Churindi” qishlog‘ida M.Alijonova.

– Buzilishga tushgan savdo do‘konim o‘rniga tuman hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilmagani haqida murojaat qildim. Murojaatim tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, – deb murojaat qildi Bag‘dod shaharchasida yashovchi B.Mirzaqulov.

Shu bilan birga, viloyat prokurori tomonidan kam ta'minlangan oilalarning xonadonlariga borildi.

Xususan, fuqaro Z.Usmonovaning xonadoniga borilganda, oilada 4 nafar fuqarolar istiqomat qilishi, o‘zi va qizi M.Ubaydullaeva ishsizligi, ikki nafar farzandi maktab o‘quvchisi ekanligi, oila Z.Usmonovaning yollanma mehnati orqali kun kechirayotganligi, yashash uyi 1959-yilda qurilgan bo‘lib, ta'mirga muxtojligi ma'lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida, ikki xonadondan iborat yashash uyi qurish masalasini ko‘rib chiqish haqida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, Z.Usmonova va qizi M.Ubaydullaevalarni ishga joylashtirilishi ta'minlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech