24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
20 Fevral  2019 1797

Agentlik modern uslubidagi logitip qidirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkilot logotipi ishlanmasi uchun tanlov e’lon qildi.

 

Unda barcha istovchilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib, tashrif qog‘ozlari, takdimotlar uchun dizaynerlik shablonlari, eksklyuziv blanklar, broshyura, kundalik dizaynlarini o‘z ichiga olgan to‘liq brendbukni yaratish majburiyatini oladi.

Tanlov ishtirokchilariga talablarda logotipning agentlik faoliyati va missiyasini aks ettirishi lozimligi, korporotiv shakli qat'iy saqlangan bo‘lishi, shuningdek, modern uslubida yaratilishi kerakligi qayd etilgan.

Nomzodlarning ishlari 20-fevraldan 1-martga qadar: t.umarova@csm.gov.uz elektron manzilida (maktubda «tanlovga» deb ko‘rsatilishi shart) qabul qilinadi.

Natijalar esa 2019-yilning 5-martida agentlikning Facebookdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinadi.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech