04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Voqea-hodisalar
20 Mart  2020 419

Afg‘onistonda yana urush bo‘ladimi?

Afg‘onistonning 1TV telekanali mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, hukumat payshanba kuni «Tolibon» guruhiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga ko‘rsatma bergan.

Telekanalning ta’kidlashicha, 29-fevral kuni AQSh bilan «Tolibon» guruhi o‘rtasida zo‘rovonliklarni kamaytirish bo‘yicha tinchlik shartnomasi imzolangan edi. Shundan buyon hukumat armiyasi jangarilarga qarshi  harbiy harakatlarni to‘xtatgan edi.

Mamalakat mudofaa vaziri vazifasini vaqtinchalik bajarayotan Asadulla Xalid qo‘shinlarga mudofaadan «faol» mudofaaga o‘tishga buyruq berdi. Vazirning ta’kidlashicha, qo‘shinlar bundan buyon Afg‘oniston armiyasi qismlariga hujum uyushtirgan jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishi mumkin.

Xalidning ta’kidlashicha, harbiy amaliyotlarni qayta boshlash qaroriga tolibon jangarilarining zo‘rovonliklari yuqori darajaga chiqqani  sabab bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech