05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Tashvishli xabar
11 Mart  2020 973

Ayol kishi o‘g‘irlikka qo‘l ursa...

Farg‘ona viloyatidagi dehqon bozorlarining birida o‘g‘irlik sodir etildi.

2020-yil 9-martda soat 09:00 da Furkat tumani Navbahor shaharchasi hududidagi dehqon bozorida 35 yoshli ayol 29 yoshli ayolga hamla qilibgina qolmay, uni qo‘rqitib, qo‘lidagi zargarlik buyumlarini tortib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, tortib olingan buyumlarning umumiy qiymati 9 072 000 so‘m ekan. Talonchi ayol fursatni qo‘ldan bermay, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Furkat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hamla qilgan ayol gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech